Gvardiola Semenoning o'yiniga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Bornmut"dan 75 mln evro (65 mln funt) evaziga o'tgan Antuan Semenoning o'yiniga munosabat bildirdi.
"Biz "Bornmut" Semeno bilan amalga oshirgan aql bovar qilmas ishni ko'rdik. Hozir uning o'yinini kuzatyapman: har safar to'p unga tekkanida, u har doim harakat qilish uchun kerakli joyda bo'ladi", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi BBC.
Eslatib o'tamiz, ganalik vinger o'z transferidan so'ng "shaharliklar" safida 2ta o'yin o'tkazdi. U Angliya kubogi doirasida "Ekseter"ga qarshi o'yinda (10:1) gol urdi va Angliya liga kubogi yarim finalining birinchi o'yinida "Nyukasl Yunayted"ga (2:0) gol urdi. Joriy mavsumda 26 yoshli Semeno barcha musobaqalarda jami 23ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
330