Ibrohimovich «Milan» bilan shartnomasini uzaytiradimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 294

Italiyaning «Milan» klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Zlatan Ibragimovichni olib qolish niyatida.
38 yoshli shvetsiyalik hujumchining shartnomasi shu yilning yozida o'z yakuniga etadi, lekin “Milan” kelasi yili EChLda ishlash huquqini qo'lga kiritsa, o'rtadagi shartnoma avtomatik ravishda uzaytiriladi.
Tuttosport portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «rossonerlar» rahbariyati Ibragimovichning kiyinish xonasidagi muhitidan qoniqmoqda. Rahbariyatning so'zlariga qaraganda, Zlatanning jamoaga kelishi natijalarning ijobiy bo'lishiga ta'sir ko'rsatgan.
Qayd etish kerakki, Ibragimovich joriy mavsumda 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol kiritdi va bitta golli pasni amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232