"Manchester Yunayted"da Kerrikning tayinlanishini tushuntirishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32

Seshanba oqshomida "Manchester Yunayted" Maykl Kerrikning jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman tasdiqladi. Avval "MYu"da o'ynagan va murabbiylik qilgan 44 yoshli angliyalik yozgacha shartnoma imzoladi.
"Maykl - ajoyib murabbiy va u "Manchester Yunayted"da natijaga erishish uchun nima qilish kerakligini aniq biladi. U iqtidorli va intiluvchan jamoamizni mavsum oxirigacha boshqarishga tayyor. Biz muntazam va barqaror muvaffaqiyatga erisha oladigan klubni qurishda davom etamiz", - deya "qizil iblislar" sport direktori Jeyson Uilkoksning izohlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.
Maykl Kerrik o'tgan hafta boshida iste'foga chiqarilgan Ruben Amorim o'rnini egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
322