Husanov “Nyukasl”ga qarshi o'yinda Sofascore tomonidan eng yuqori bahoga loyiq ko'rildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Liga Kubogi yarim finalidan o'rin olgan “Nyukasl” — “Manchester Siti” uchrashuvida (0:2) asosiy tarkibda maydonga tushib, to'liq harakat harakat qildi.
Husanov o'yin davomida 76 marta to'pga tegindi. Futbolchi bu vaqt ichida jami 62 marta uzatma amalga oshirgan bo'lib, shulardan 58 tasi aniq manzilga etib bordi — 94 foiz aniqlik.
Shuningdek, u 26 marta uzoq masofaga uzatmani amalga oshirdi. Ulardan 25 tasi aniq bo'ldi — 96 foiz. O'zbekistonlik himoyachi Sofascore tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va 8,1 ball bilan baholandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305