Semeno: "Ikkinchi golim hisobga olinishi kerak edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221

"Manchester Siti" vingeri Antuan Semenoning fikricha, uning "Nyukasl"ga qarshi o'yindagi goli adolatsiz ravishda bekor qilingan. "Shaharliklar"ning safar uchrashuvi Angliya Liga Kubogining dastlabki yarim finali doirasida bo'lib o'tdi.
53-daqiqada Semeno hisobni ochdi, 63-daqiqada esa yana gol urdi, ammo hakam ganalikni dubldan mahrum qildi. Gol VARga murojaat qilingandan keyin ofsayd tufayli bekor qilindi.
"Match yakunida kameralar qarshisida nima degan edim? Ikkinchi golim hisobga olinishi kerak edi. Hakam yonimga kelib, nima bo'lganini tushuntirdi. Nima bo'lsa, bo'ldi", - dedi Semeno Sky Sports’ga bergan intervyusida.
"Manchester Siti" 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Sherki mehmonlarning ikkinchi golini urdi.

Bosh sahifaga
318