Isko Londonga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 268

The Sun nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Isko «Arsenal» futbolchisiga aylanib qolishi mumkin.
27 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi Zinedin Zidanning rejalariga kirmayapti, shu sababli, Isko ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun boshqa jamoaga ko'chib o'tish niyatida.
Qayd etilishicha, ushbu transfer Mesut O'zil «Arsenal» klubini tark etgan taqdirda amalga oshishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, «Real» Isko bilan 70 million evro evaziga xayrlashish niyatida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267