Bundesliga. "Borussiya" o'z maydonida "Verder"ni tor-mor etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

"Borussiya" o'z maydonida Germaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan "Verder"ga qarshi bahsda yirik hisobda g'alaba qozondi - 3:0.
11-daqiqada Niko Shlotterbek mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada Marsel Zabitser dortmundliklarning ikkinchi golini urgan bo'lsa, 83-daqiqada Seru Girassi hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.
"Borussiya" barcha turnirlardagi mag'lubiyatsiz seriyasini oltita o'yinga etkazdi. Bundesligada 36 ochkoga ega jamoa "Bavariya"dan 8 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinni saqlab turibdi, myunxenliklar hisobida esa yana bir o'yin mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
391