"Torino" "Roma"ni mag'lub etib, Italiya kubogi chorak finaliga yo'l oldi.
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198

"Torino" Italiya kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Roma"ga qarshi bahsda g'alaba qozondi - 3:2. O'yin Rimdagi Olimpiya stadionida bo'lib o'tdi.
Turinliklar safida Che Adams dubl qayd etdi, unga ikkala vaziyatda ham Nikola Vlashich assistentlik qildi. Yana bir golni Amirxon Ilkxon o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Rimliklar safida Mario Ermoso va Antonio Arena o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
"Roma" turnirni tark etdi, "Torino" esa chorak finalda avvalroq "Venetsiya"ga yirik hisobda mag'lub bo'lgan "Inter"ga qarshi o'ynaydi (5:1).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
379