Angliya liga kubogi. Husanov to'liq harakat qilgan o'yinda "Siti" g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

"Manchester Siti" Angliya Liga Kubogi 1/2 final dastlabki o'yinida "Nyukasl"ni mag'lub etdi - 2:0. O'yin Nyukasldagi "Sent Jeyms Park" stadionida bo'lib o'tdi.
Birinchi bo'limda gol urilmadi. Ikkinchi bo'lim boshida ushbu transfer oynasida 75 million evro evaziga "Siti"ga o'tgan Antuan Semeno hisobni ochdi. O'n daqiqadan so'ng u ikkinchi golni urdi, ammo VAR ofsayd tufayli golni bekor qildi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda zaxiradan maydonga tushgan Rayan Sherki mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov uchrashuvda to'liq harakat qildi va Sherkidan keyingi eng yuqori ballni qo'lga kiritdi.
Javob o'yini 4 fevral kuni Manchesterda bo'lib o'tadi. Yana bir yarim finalda "Chelsi" va "Arsenal" o'ynaydi.

Bosh sahifaga
392