Mbappe Alonsoni iste'foga chiqarishdan saqlab qolmoqchi edi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 581

Xabi Alonso dushanba kuni - "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatning ertasiga "Real" bosh murabbiyligidan ketdi. Transfer News Live nashrining L’Equipe'ga tayanib xabar berishicha, "Real" forvardi Kilian Mbappe Xabi Alonsoni iste'fodan qutqarishga uringan.
Mbappe agar mag'lubiyatga uchrasa, Alonso iste'foga chiqarilishi mumkinligini tushundi. Shu sababli u finaldagi ishtirokiga tayyorgarlik ko'rdi, Saudiya Arabistoniga uchib bordi va ijobiy natija va Xabi jamoa boshqaruvida qolishi uchun qo'lidan kelganini qildi.
Kilian Mbappe finalgacha tiklanib, ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi, ammo baribir "Real"ni mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi.
Shu bilan birga, avvalroq matbuotda Alonsoga Mbappening finaldan keyingi harakati yoqmagani haqida yozildi - murabbiy shogirdlarini "Barselona"ga chempionlik yo'lagini yaratishga chaqirgan bo'lsa-da, frantsuz jamoadoshlarini maydondan olib chiqib ketdi.

Bosh sahifaga
343