Vadim Abramov: «Hozir natijaga e'tibor bermaslik kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1010

«Dinamo» jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Toshkentdagi yig'in, «Xorazm»ga qarshi o'rtoqlik bahsi (3:1) va ko'rikdagi o'yinchilar haqida fikrini bildirdi.
«Yaxshi sparring raqib, odatdagidek tayyorgarlik ko'ryapmiz. Hozir natijaga e'tibor bermaslik kerak, chunki biz boshqa jihatlarga e'tiborimizni qaratganmiz. Ko'rikda barchaga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat beryapmiz. O'ylaymanki, bizni qiyin chempionat kutib turibdi, shunday ekan jiddiy tayyorgarlik ko'rish kerak.
Babalievning goli va assisti haqida? U ikkinchi o'yinini o'tkazdi, hali ko'rikda uni kuzatyapmiz. U biz bilan Dubaydagi yig'inda qatnashadi, u erda hammasi ma'lum bo'ladi. Har holda legioner futbolchini hozirgi darajadagi o'yinlar bilan ko'rish boshqa, Dubaydagi boshqa darajada bo'ladigan raqiblar bilan bahsda sinab ko'rish boshqa masala. Yangi o'yinchilar bu erda yorqin ko'rinishi, u erdagi bahslarda esa bunday bo'lmasligi mumkin. Shunday ekan, vaqt kerak bo'ladi.
Firdavs Abdurahmonovning jarohatdan tiklanib qaytishi? Sekin-asta mashg'ulotlar jarayoniga qo'shilmoqda. U endi milliy jamoa yig'iniga boradi, eng asosiysi jarohatlar bo'lmasligi. Bizdan 4 futbolchini taklif etishdi. Biz bilan birga Dubay yig'iniga yo'l olishadi, keyin u erdan O'zbekiston milliy jamoasi yig'iniga borib qo'shilishadi.
Jahongir Abdusalomovning tarkibda yo'qligi sababi? U biroz shamollagan, anginasi bor. Bugun ilk bor mashg'ulot o'tkazdi, ungacha 4 kun mashg'ulot o'tkaza olmagandi.
Keyingi o'yin? Navbatdagi nazorat bahsini OKMKga (14 yanvar) qarshi o'tkazamiz. Keyin esa Xudo xohlasa Dubayga yo'l olamiz», - dedi Vadim Karlenovich.
«Dinamo» PFK matbuot xizmati

Bosh sahifaga
456