Konte jiddiy jazolandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4014

"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte hakam qaroriga ko'ra, ikkita o'yinga diskvalifikatsiya qilindi, deb xabar beradi Corriere dello Sport.
"Inter"ga qarshi 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan bahsda Konte hakamlarga qaratilgan norozilik va haqoratlari uchun qizil kartochka oldi.
Konte nafaqat A Seriyaning ikkita o'yinini o'tkazib yuboradi, balki 15 000 evro miqdorida jarima ham to'laydi.
Bu uning "Parma" (14 yanvar) va "Sassuolo"ga (17 yanvar) qarshi liga o'yinlarini o'tkazib yuborishini anglatadi. Ikkala o'yin ham "Napoli" uchun uy o'yinlari bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218