U-23 Osiyo kubogi. O'zbekiston Koreyani ishonchli hisobda engib, 1-o'rin bilan pley-offga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Koreya Respublikasi uchrashuvi yakunlandi. Bahsda futbolchilarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Vakillarimiz safida Behruz Karimov va Saidumarxon Saidnurullaev gollarga mualliflik qildi.
O'zbekiston Koreyani engib, 7 ochko bilan guruhda peshqadam sifatida pley-offga chiqdi. Koreya 4 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi.
U-23 Osiyo kubogi. «C» guruhi. 3-tur
13 yanvar, 16:30
O'zbekiston - Koreya Respublikasi - 2:0
Gollar: 48' 1:0 - B. Karimov, 70' 2:0 - S. Saidnurullaev (A. Saidov).
O'zbekiston: Samandar Muratbaev, Saidxon Hamidov, G'iyosjon Rizaqulov, Ravshan Xayrullaev (Rustam Fomin, 88), Sardor Bahromov (Ozodbek Ergashov, 90+2), Muhammadali Reimov (Saidumarxon Saidnurullaev,46) Asilbek Jumaev, Behruz Karimov (Muhammad-Bobur Karimov,88) Dilshod Abdullaev, Nurlan Ibraimov, Abdug'afur Haydarov (Amirbek Saidov, 46)
Zaxira: Maksim Murkaev, Dilshod Murtazaev, Umar Rustamov, Islom Anvarov, Azizbek To'lqinbekov, Meyirbek Rejabaliev, Shoxjahon Yorqinboev.

Bosh sahifaga
292