Arbeloa «Real» murabbiyiga aylanganiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

Xabi Alonso iste'foga chiqarilgach, "Real" bosh murabbiyi etib Alvaro Arbeloa tayinlandi. Matbuot anjumanida Arbeloa o'zining tayinlanishiga izoh berdi.
"Alohida kun. "Real" tarkibida bo'lgan barcha kunlarim kabi. Men bu erda 20 yildan beri yashayman. Bu tarixdagi eng yaxshi klub. Men mas'uliyatni his qilaman va katta motivatsiyaga egaman.
Ajoyib tarkibga egamiz, yigitlar borini berishga tayyor. Shuni unutmaslik kerakki, bizda 6 bor EChLda g'alaba qozongan futbolchilar bor. Bu negadir tez unutiladi. Aynan shu "Real"ni tarixdagi eng yaxshi klubga aylantirdi," - dedi Arbeloa jurnalistlarga.
Futbol bo'yicha Ispaniya Kubogining 1/8 finalida "Real" 14 yanvar, chorshanba kuni "Albasete" mehmoni bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
460