"Real" direktori: "Alonsoni biz iste'foga chiqarmadik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1600

Madridning "Real" klubi direktori Emilio Butrageno Xabi Alonso bilan xayrlashishi haqida gapirdi.
Avvalroq, "qaymoqranglilar" matbuot xizmati ispaniyalik murabbiy bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganini rasman e'lon qilgandi.
Butrageno "Real" rahbariyati Xabi Alonsoni iste'foga chiqarmagani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.
«Xabining ketishi tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra amalga oshirildi. Unga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz», - deya funktsionerning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Alonso "Real"ni o'tgan yilning may oyidan buyon boshqarib kelayotgandi. Uning qo'l ostida "qaymoqranglilar" birorta ham sovrin qo'lga kirita olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
376