Peresga Alonsoning qaysi jihati yoqmagani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6516

Xabi Alonso Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (2:3) "Real" bosh murabbiyligidan ketdi. Transfer News Live nashrining taniqli jurnalist Matteo Morettoga tayanib xabar berishicha, Madrid klubi prezidenti Florentino Peresga Alonsoning o'yin uslubi ham, mashg'ulotlari ham yoqmagan.
Alonso "Real"ga yozdan buyon ustozlik qilib kelayotgandi. Xabi bilan xayrlashgach, "qaymoqranglilar" murabbiy etib Alvaro Arbeloani tayinladi. 42 yoshli mutaxassis jamoada o'z debyutini 14 yanvar kuni Ispaniya kubogi 1/8 finali doirasida "Albasete"ga qarshi safar o'yinida o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
376