«Liverpul» APL rekordini o'rnata olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 328

Angliya chempionatining 26-turidan doirasida «Uotford» o'z uyida «Liverpul»ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Shu tariqa, mersisaydliklarning Angliya premer-ligasi doirasidagi mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi uzilib qoldi. Bungacha Klopp jamoasi 44ta o'yinda mag'lub bo'lmagan edi.
Bu borada rekord «Arsenal»ga tegishli bo'lib, «kanonirlar» 2003-2004 yillarda ketma-ket 49ta o'yinda yutqazishmagan edi. «Liverpul» bu rekordni takrorlashiga 5ta o'yin qolgan edi. Mersisaydliklar bu borada ikkinchi natija qayd etishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238