Pires "Arsenal" futbolchisini maqtadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1997

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Robert Pires jamoa futbolchisini maqtadi. Frantsuzning fikricha, yarimhimoyachi Deklan Raysni "kanonirlar"ning eng yaxshi yillardagi etakchilari bilan bir qatorga qo'yish mumkin.
"Agar mavsum oxirida sovrinni ko'tarmoqchi bo'lsang, senga Deklan Rays kabi futbolchi kerak. Senga Patrik Vieyra, Terri Anri, Toni Adams... va Deklan Rays kerak", - deya Piresning so'zlarini keltiradi Goal portali Sky’ga tayanib.
"Arsenal" Angliya premer-ligasida peshqadamlik qilmoqda. Londonliklar 2004 yildan beri birinchi marta mamlakat chempioni bo'lishni kutmoqda. O'shanda jamoa APL mavsumini birorta ham mag'lubiyatsiz o'tkazishga muvaffaq bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318