Arbeloa "Real" boshqaruvidagi ilk mashg'ulotlarini o'tkazdi (foto+video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4892

"Real" yanvar oyidayoq bosh murabbiyni almashtirishga qaror qildi - Xabi Alonsoning jamoa boshqaruvidagi o'rnini Alvaro Arbeloa egalladi. 42 yoshli mutaxassis allaqachon jamoa bilan ishlashni boshlagan. Ispaniyaning Marca nashri Arbeloa "qaymoqranglilar" bilan mashg'ulot o'tkazayotgani aks etgan videoni e'lon qildi.
Eslatib o'tamiz, "Real" Ispaniya Superkubogi finalidagi yomon natijadan so'ng murabbiyini o'zgartirdi. "Qaymoqranglilar" "Barselona"ga 2:3 hisobida yutqazdi.
"Real" navbatdagi o'yinni 14 yanvar, chorshanba kuni o'tkazadi. Alvaro Arbeloa jamoasi Ispaniya Kubogi 1/8 finalida safarda "Albasete"ga qarshi bahs olib boradi.
Qo'shimcha qilamizki, La Liga turnir jadvalida "Real" ikkinchi o'rinda bormoqda.
???? Alvaro Arbeloa's first training session in charge of Real Madrid. ????????
???? Note the presence of Antonio Pintus who is BACK as fitness coach.
(???? @MARCA) pic.twitter.com/i8CSunQNcm

Bosh sahifaga
310