Alonso "Liverpul"ni boshqarishga asosiy da'vogar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1118

Xabi Alonso ishsiz qoldi - dushanba kuni "Real" murabbiy bilan xayrlashganini e'lon qildi. Ispaniya Superkubogi finalida "qaymoqranglilar" "Barselona"ga 2:3 hisobida mag'lub bo'lgach, shunday qarorga kelingan.
Endilikda britaniyalik mutaxassislar Arne Slot iste'foga chiqishi sharti bilan Alonsoni "Liverpul" bosh murabbiyi lavozimiga asosiy favorit deb hisoblamoqda. Sky bu faktga ishora qilmoqda.
"Liverpul" ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Mersisaydliklar umuman olganda yaxshi mavsum o'tkazishmayapti. "Qizillar" navbatdagi o'yinni 17 yanvar kuni "Byornli"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
393