Alonso "Real"dan iste'foga chiqarilgach, ilk bor o'z fikrlarini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 659

Xabi Alonso "Real" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilganidan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda klub bilan xayrlashdi.
"Faoliyatimning ushbu professional bosqichi nihoyasiga etdi va u biz istaganimizdek o'tmadi. "Madrid"ga murabbiylik qilish men uchun ham sharaf, ham mas'uliyat edi.
Klubga, futbolchilarga va birinchi navbatda "Madrid" muxlislariga meni qo'llab-quvvatlagani va menga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Qo'limdan kelgan barcha ishni qilganim uchun hurmat, minnatdorlik va g'urur bilan klubni tark etaman", - deb yozdi Alonso.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
382