Materatstsi tarixdagi eng yaxshi uch darvozabon nomini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 402

O'tmishda mashhur bo'lgan italiyalik futbolchi Marko Materatstsi futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlar uchligi qanday ko'rinishda ekani haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men Buffon, Yashin va Julio Sezarni nomlagan bo'lardim", - deya Materatstsining so'zlarini keltiradi "RB Sport".
Lev Yashin "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan tarixdagi yagona darvozabon bo'lib qolmoqda. Sovet darvozaboni bu mukofotni 1963 yilda olgan. Yashin 1990 yilda vafot etdi.
Eslatib o'tamiz, Marko Materatstsi 2006 yilda Italiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314