Romano: "Real"da Yurgen Kloppni juda hurmat qilishadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 347

"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Real"ni boshqarish uchun ideal nomzod bo'lardi, deydi taniqli insayder Fabritsio Romano.
12 yanvar, dushanba kuni "Qirollik klubi" Xabi Alonso iste'foga chiqarilgani va Alvaro Arbeloa jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qildi.
Romanoning ta'kidlashicha, "Real"da Kloppga katta hurmat bilan qarashadi. Xususan, uni Madrid klubi prezidenti Florentino Peres yuqori darajada baholamoqda, u ham "qaymoqranglilar"ning sobiq murabbiyi Zinedin Zidan haqida juda yaxshi fikrda. Ammo u JCh-2026 yakunida Frantsiya terma jamoasini boshqarishga allaqachon kelishib olgan.
2025 yil 1 yanvardan boshlab Klopp to'rtta klubni o'z ichiga olgan "Red Bull" kompaniyasida futbol operatsiyalari bo'yicha menedjer bo'lib ishlaydi.

Bosh sahifaga
293