Tomas Parti o'ziga yangi jamoa qidiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 598

"Vilyarreal" yarim himoyachisi Tomas Parti o'ziga yangi jamoa qidiradi.
DAZN España nashri tarqatgan xabarga ko'ra 32 yoshli xavbek "Vilyarreal" rahbariyati va murabbiylarini ishontira olmagan, shu bois u bilan shartnoma uzaytirilmaydi. Joriy mavsum yakunlangach, Parti jamoani erkin agent sifatida tark etishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Parti "Vilyarreal" safiga o'tgan yilning avgustida kelib qo'shilgan edi. O'shandan beri u barcha turnirlarni hisobga olgan holda 18 ta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakat qilmadi.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Partining narxini besh million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260