Soboslai: "Jamoadoshlarimdan uzr so'rayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14

"Liverpul" "Barnsli"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi va Angliya kubogining 4-bosqichiga yo'l oldi.
Mersisaydliklar yagona golni Dominik Soboslaining qo'pol xatosidan keyin o'tkazib yubordi. Vengriyalik futbolchi o'z jarima maydoni ichida posbonga to'pni tovoni bilan uzatishga urindi, biroq xatoga yo'l qo'ydi, bundan raqib foydalandi. O'yindan keyin Soboslai o'sha epizodga izoh berdi.
"Jamoamizdan uzr so'rayman - vazifani murakkablashtirib yubordim. Men buni oddiy xato deb aytgan bo'lardim. Futbolda bunday holatlar bo'lib turadi, biz oldinga borishda davom etamiz," - dedi Soboslai.
"Liverpul" keyingi o'yinini 17 yanvar kuni Premer-ligada "Byornli"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277