Slot Virtsning o'yinini e'tirof etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 418

Florian Virts "Barnsli"ga qarshi kubok o'yinida zaxiradan maydonga tushdi va yarim soat o'ynadi. Bu vaqt ichida nemis gol urishga va sherigiga golli pas berishga ulgurdi. Futbolchining harakatlariga "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot baho berdi.
"Agar sen zaxiradan maydonga tushib, yarim soat ichida gol urib, golli pas berib, yana bir qancha yaxshi harakatlar qilsang, jamoaga kreativlik qo'shding, deb bemalol aytish mumkin. Bugun bizga aynan shu narsa etishmayotgandi," - deya Slotning so'zlarini keltiradi BBC.
"Liverpul" "Enfild"da "Barnsli"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Angliya kubogining keyingi bosqichida Arne Slot jamoasi "Brayton"ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294