"Atletiko" yarim himoyachisi Gallaxer APLga qaytmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 499

"Tottenxem" klubi "Atletiko" yarim himoyachisi Konor Gallaxer transferini kelishib oldi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
"Shporlar" 25 yoshli ingliz uchun 40 million evro to'laydi. Avvalroq, madridliklar futbolchini "Aston Villa"ga sotib olish sharti bilan ijaraga berishga rozi bo'lgani, ammo futbolchi "Tottenxem"ni tanlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Gallaxerning "Atletiko" bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning narxini 35 million evroga baholamoqda.
2025/26 yilgi mavsumda xavbek 27 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
350