Braziliya terma jamoasi a'zosi "Tottenxem" taklifini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

"Vest Xem"ning braziliyalik yarim himoyachisi Lukas Paketa "Tottenxem"ga o'tmaydi. Bu haqda ExWHUEmployee xabar berdi.
Avvalroq, "shporlar" 28 yoshli futbolchining transferi bo'yicha "bolg'achilar"ga rasmiy taklif bilan chiqqani xabar qilingandi.
Manbaga ko'ra, "shporlar" haqiqatan ham Paketani o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor bo'lgan, ammo "Vest Xem" xavbeki Braziliyaga qaytishni afzal ko'rayotganini aniq ko'rsatgan.
Joriy mavsumda Paketa barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278