A seriya. «Napoli» - «Torino» (tarkiblar)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408

Italiya chempionatining 26-turi doirasida «Napoli» o'z uyida «Torino»ni qabul qilmoqda. Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari aniq bo'ldi.
Italiya A seriyasi, 26-tur
Napoli – Torino
1 mart, 00.45, «San-Paolo»
Napoli – Ospina, Di Lorentso, Xyusay, Maksimovich, Manolas, Lobotka, Zelinski, Insine, Fabian Ruis, Politano, Milik.
Torino – Sirigu, Ansaldi, Nkulu, Itstso, de Silvestri, Bazelli, Rinkon, Lukich, Bremer, Belotti, Dzadza.
Davron Fayzievdan ushbu o'yinga anons:
Bugun Italiya A seriyasining "Napoli" - "Torino" o'yinida ishlayman.
Tan olish kerak markaziy uchrashuv emas. Biroq aynan shunday o'yinlarda Italiya futbolining asl jozibasi namoyon bo'ladi.
"Napoli" zo'r ketyapti, Chempionlar ligasida "Barselona" bilan durang o'ynadi. Chempionatda ham omadli seriyada ketmoqda.
"Torino"da aksincha ishlar chatoq. Ketma-ket 5 ta o'yinda mag'lub bo'ldi. Orasida 0:4, 0:7 kabi hisoblar bor. Sal o'zini tiklab olishga imkoniyat - "Barsa"ning hamlasidan keyin yaralarini yalab-yulqab chiqadigan Neapolliklarni to'xtatish.
Bu hafta ma'lum sabablarga ko'ra Italiya futbolida o'yinlar boshqa muddatga ko'chirildi, shunday ekan borini ko'rishga shoshiling.
"Napoli" - "Torino" o'yini qoldirilmadi. Hozircha. Kuzatamiz.

Bosh sahifaga
174