Tare: "Mayk bilan ajoyib munosabatlarga egamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

"Milan" sport direktori Igli Tare darvozabon Mayk Menyan bilan bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
Avvalroq xabar berganimizdek, Mayk "Milan" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin, ammo bu hali rasman yakunlanmagan.
"Biz Mayk bilan ajoyib munosabatlarga egamiz; u bizning loyihamizni yoqtiradi, "Milan"ni yaxshi ko'radi va qolishni istaydi.
Ishonchim komilki, oxir-oqibat sog'lom fikr g'alaba qozonadi. Mayk bu klubning kelajagida muhim element bo'lishi mumkin", dedi Igli Tare.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265