«PSJ» tarixda ilk bor Parij derbisida mag'lub bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

«Pari Sen-Jermen» klubi Frantsiya Kubogi — 2025/2026 musobaqasining 1/16 final bosqichida musobaqani tark etdi. «Parij» klubiga minimal hisobda — 0:1 mag'lub bo'ldi.
Transfermarkt portali xabar berishicha, «PSJ» Parij derbisida ilk marta mag'lubiyatga uchradi. Frantsiya kubogidagi ushbu uchrashuvga qadar jamoalar o'zaro uch marta to'qnash kelgan edi. Joriy mavsum Liga 1ning 17-turida Luis Enrike shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Yana ikki o'yin 1978/1979 yilgi mavsumda o'tkazilgan bo'lib, Frantsiya oliy divizionidagi o'sha bahslar 1:1 va 2:2 hisoblarida durang bilan yakunlangan.
Frantsiya kubogi. 1/16 final
12 yanvar 2026 yil, dushanba.
PSJ (Parij) — Parij (Parij) - 0:1
Gol: Ikone — 74-daqiqa
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260