Xabi Alonsoning «Real» futbolchilari bilan barcha mojarolari ochiqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 299

Futbolga oid mashhur TouchlineX X-akkaunti Xabi Alonsoning «Real» futbolchilari bilan bo'lgan munosabatlari haqida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, Federiko Valverde uni o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasida ishlatilayotganidan ochiqchasiga norozilik bildirgan.
Vinisius Junior bilan La Ligadagi «el-klasiko» uchrashuvida almashtirib olinganidan keyin nizo yuzaga kelgan.
Shuningdek, Kilian Mbappe bilan ham tarang munosabatlar bo'lgan. Mbappe Ispaniya Superkubogi finalidan so'ng «faxriy yo'lak»ni bajarmaslikka jamoani uddagan.
Rodrigo bilan esa o'yin amaliyoti etishmasligi sababli ilk davrdayoq muammolar paydo bo'lgan.
Jud Bellingem jamoaga qaytgach, taktik qiyinchiliklar yuzaga kelib, bu Arda Gyulerni to'g'ri integratsiya qilishda muammolarga sabab bo'lgan.
Bir qator futbolchilar Xabi Alonso tomonidan qo'yilgan yuqori talablar va mashg'ulotlar intensivligi darajasidan norozi bo'lgan. Shuningdek, u klubdan yangi transferlar talab qilgani, ammo bu talablar rad etilgani aytiladi, — deya yozadi manba.
Eslatib o'tamiz, dushanba kuni, 12 yanvar sanasida «Real» Xabi Alonsoning jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etganini rasman e'lon qildi. Uning o'rniga Alvaro Arbeloa tayinlandi.

Bosh sahifaga
305