«Real» Kloppni bosh murabbiy lavozimiga taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 265

«Real» Xabi Alonso ishdan bo'shatilganidan so'ng yangi bosh murabbiy izlamoqda.
Insayder Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, madridliklar «Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Kloppni juda yuqori baholashadi va uni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida ko'rishni istashmoqda.
Biroq nemis mutaxassisi hozircha o'z fikrini o'zgartirmoqchi emas. U avvalgidek hali murabbiylik faoliyatiga qaytish variantini ko'rib chiqmayapti.
Yurgen Kloppning oxirgi klubi «Liverpul» bo'lib, u erda 2015 yildan 2024 yilgacha ishlagan. Nemis murabbiy rahbarligida «qizillar» sakkizta sovrin qo'lga kiritgan – ikki marta Angliya ligasi kubogi, Angliya Premer-ligasi, Angliya kubogi, Angliya Superkubogi, UEFA Superkubogi, klublar o'rtasida jahon chempionati va Chempionlar ligasi.

Bosh sahifaga
373