"Bavariya" himoyachisi safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

«Bavariya» rasmiy saytida himoyachi safdan chiqqani haqida xabar paydo bo'ldi. Yosip Stanishich shifoxonaga tushdi — Xorvatiya terma jamoasi futbolchisida to'piq bo'g'imida jarohat aniqlandi.
Stanishich jamoaning «Volfsburg»ga qarshi Bundesliga uchrashuvida jarohatlandi. Myunxenliklar ushbu o'yinni 8:1 hisobida g'alaba bilan yakunlashdi. Himoyaning barcha pozitsiyalarida o'ynay oladigan Stanishichning tiklanish muddati haqida «Bavariya» hozircha ma'lumot bermayapti.
Joriy mavsumda Yosip Stanishich 19 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205