Tedesko Lukmanni o'z tarkibida ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 697

"Fenerbaxche" klubi "Atalanta" vingeri Ademola Lukman xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira yozmoqda.
Qayd etilishicha, "Atalanta" Lukmanni turk klubiga qo'yib yuborish istagida emas. Domeniko Tedesko kuzda istanbulliklar boshqaruvida Joze Mourino o'rniga tayinlangandi.
Ademola Lukman "Atalanta" safida 134 ta o'yinda maydonga tushib, "gol+pas" tizimi bo'yicha 81 ochko to'plagan. Transfermarkt portali yulduz vingerning narxini 35 mln evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
348