TsSKA La Liga klubi hujumchisi uchun 30 million evro to'lashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

TsSKA Lusiano Gonduni o'z safiga qo'shib olgach, hujum chizig'ini kuchaytirishda davom etishi mumkin. Agar ispan manbalariga ishonadigan bo'lsak, "harbiylar" "Levante"dan markaziy hujumchi Etta Eyongga qiziqmoqda.
Marca nashrining Deportes COPE Valencia’ga tayanib xabar berishicha, TsSKA avvalroq Eyong uchun 20 million evro taklif qilgan bo'lsa, endi taklifni 30 milliongacha yaxshiladi. Bunday summadagi transfer "Levante"ning moliyaviy qiyinchiliklarini engillashtirishi mumkin edi.
Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, 22 yoshli Etta Eyongning o'zi Ispaniya chempionatidan Rossiya chempionatiga ketishiga ishonchi komil emas.
Joriy mavsum La Liganing 16 o'yinida Eyong oltita gol va uchta golli uzatma yozdirib qo'ydi.

Bosh sahifaga
354