«Arsenal» sobiq futbolchisi Braziliya klubi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 584

"Korintians" klubi o'zining rasmiy saytida jamoa safiga himoyachi Gabriel Paulista kelib qo'shilgani haqida ma'lumot joylashtirdi. 35 yoshli braziliyalik futbolchi 2027 yil oxirigacha amal qiladigan mehnat shartnomasini imzoladi.
Gabriel Paulista bungacha Evropada "Vilyarreal", "Arsenal", "Valensiya", "Atletiko" va "Beshiktosh" kabi jamoalarda to'p tepgan. Endi esa tajribali himoyachi o'z yurtiga qaytmoqda.
Klub matbuot xizmatining qayd etishicha, Gabriel Paulista "Korintians"ning boshqa futbolchilari bilan ham tanishib ulgurgan. Dushanba kuni himoyachi yangi jamoasi bilan birinchi mashg'ulotini o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340