«Barselona» prezidenti Ispaniya Superkubogi finalidan keyin Kilian Mbappeni tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2385

«Barselona» prezidenti Joan Laporta Ispaniya Superkubogi finalidan keyin «Real» hujumchisi Kilian Mbappeni tanqid qildi. Mazkur bahsda "ko'k-anorranglilar" madridliklar ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi.
«Mbappening xatti-harakati meni hayratga soldi. G'alabada ham, mag'lubiyatda ham oliyjanob va hurmatli bo'lish kerak. Bu — sport, o'zini me'yorda tutish lozim. Menimcha, biz g'alaba qozonganimizda raqibga hurmat ko'rsatdik, shuning uchun Mbappening qilgan ishini tushuna olmayman», — deya Laportaning so'zlarini RAC1 keltiradi.
Avvalroq Mbappe o'yindan keyin «Real» futbolchilari «Barselona» uchun chempionlik koridorini tashkil etishiga to'sqinlik qilgani xabar qilingan edi.
«Barselona» o'z tarixida 16-marotaba mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi va bu musobaqa rekordi hisoblanadi. «Real» esa ushbu sovrinni 13 marta yutgan.

Bosh sahifaga
400