"Inter" Xorvatiya klubiga o'z taklifini yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 578

Insayder Janluka Di Martsioning ma'lum qilishicha, "Inter" "Xayduk"ga 18 yoshli himoyachi Branimir Mlachich transferi bo'yicha taklif bilan chiqqan.
Qayd etilishicha, klublar muzokaralarni davom ettirmoqda va futbolchining narxi 5 mln evro atrofida bo'lishi mumkin. Italiya klubi Mlachichni sotib olib, Xorvatiyada ijara asosida qoldirmoqchi.
Avvalroq, himoyachiga "Barselona" va "Borussiya" Dortmund klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mlachich "Xayduk"ning asosiy jamoasi safida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 2 ta sariq kartochka ishlab oldi. Shuningdek, u Xorvatiya U21 terma jamoasida 1 ta o'yin o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
328