Bernardu Silva Gyundoganning jamoadoshiga aylanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1121

"Manchester Siti" sardori va yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
Insayder Nikolo Skira xabariga ko'ra, 31 yoshli portugaliyalik futbolchiga "Galatasaroy" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turk klubi futbolchini jamoaga olib kelishda uning yaqin do'sti bo'lgan Ilkay Gyundogandan foydalanmoqchi.
Bernarduning "shaharliklar" bilan shartnomasi joriy yozda yakunlanadi. U hozirda Transfermarkt portalida 26 million evroga baholanmoqda.
Bernardu bu mavsumda jami 28 ta o'yinda 1 ta gol urib, 2 ta golli uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
334