Lukas Paketa Braziliya klubi bilan kelishib oldi — Fabritsio Romano
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

Londonning "Vest Xem" klubi hujumkor yarim himoyachisi Lukas Paketa vatani Braziliyaga qaytishi kutilmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 28 yoshli futbolchi "Flamengo" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan. Braziliya klubi yaqin vaqt ichida "bolg'achilar" bilan muzokaralarni boshlaydi.
Paketa hozirda Transfermarkt tomonidan 35 million evroga baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
Xavbek joriy mavsumda 19 ta o'yinda 5 ta gol urib, 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
349