"Bavariya" Bundesliga joriy mavsumida bir o'yinda o'rtacha 4 ta gol urmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 469

"Bavariya" Bundesligada har bir o'yinda o'rtacha 4 taga yaqin gol urmoqda.
Vensan Kompani jamoasi kecha "Volfsburg"ni 8:1 hisobida mag'lub etdi.
16-turdan so'ng amaldagi chempionlar hisobida 63 ta gol va 12 ta o'tkazib yuborilgan gol bor. Myunxenliklarning o'rtacha samaradorligi - 3,94 gol.
Bundesliganing boshqa hech bir klubida hozircha 34tadan ko'p gol yo'q - "Bayer" aynan shuncha gol urgan. "Ayntraxt" hisobida 33, "RB Leyptsig"da 30ta gol bor. Dortmundning "Borussiya", "Shtutgart" va "Xoffenxaym" klublari 29tadan gol urishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
339