Luis Dias Bundesliga joriy mavsumida 15 ta o'yinda 17 ta golda ishtirok etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 381

"Bavariya" vingeri Luis Dias Bundesliga 16-turidan o'rin olgan "Volfsburg"ga (8:1) qarshi o'yinda "gol+pas" bo'yicha 3 ochko jamg'ardi.
Kolumbiyalik futbolchi 30-daqiqada gol urdi va ikkinchi bo'limda Xarri Keyn va Maykl Olisega golli uzatmalarni amalga oshirdi.
Dias 2025 yilning yozida "Liverpul"dan "Bavariya"ga o'tgandi. U joriy mavsum Bundesligada 15 ta o'yinda 9 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
355