«Manchester Yunayted» oldida joriy mavsum yakuniga qadar faqatgina APL o'yinlari qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309

"Manchester Yunayted" joriy mavsumda APLdan boshqa barcha turnirlarni tark etdi.
Mankunianliklar kecha Angliya kubogining ilk raundidayoq "Brayton"ga (1:2) hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etishdi. Avgust oyida jamoa Liga kubogidagi birinchi o'yindayoq "Grimsbi"ga penaltilar seriyasida yutqazib, turnirni tark etgan edi.
"MYu" evrokuboklarda ishtirok etmayotgani bois, joriy mavsum yakuniga qadar endi faqat chempionat o'yinlarida ishtirok etadi.
"Yunayted" oxirgi marta 1914/15 yilgi mavsumda 40 tadan kam o'yin o'tkazgandi. O'shanda jamoa atigi 39 ta uchrashuvda ishtirok etgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
342