"Brentford" yangi hujumchi transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 535

"Brentford" 18 yoshli futbolchini sotib olganini e'lon qildi.
APL klubiga "Bryugge"dan Kay Furo o'tdi. Belgiya U21 futbolchisi besh yarim mavsumga shartnoma imzoladi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "Brentford" transfer uchun 10 mln evro to'lagan, bonuslar ham ko'zda tutilgan.
Bu mavsumda Furo Belgiya chempionatida 5 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262