Sheshko Amorim iste'fosidan so'ng ketma-ket gollar urishni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 546

"Manchester Yunayted" hujumchisi Benyamin Sheshko Angliya kubogining 3-raundidan o'rin olgan "Brayton"ga (1:2) qarshi o'yinda gol urdi. Shu tariqa, sloveniyalik futbolchi Ruben Amorim bosh murabbiylikdan ketganidan keyin ikki o'yinda uchinchi golini urdi.
Avvalroq, Sheshko "Byornli"ga (2:2) qarshi bahsda dubl qayd etgandi. Joriy mavsumda hujumchi klub safida barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Sloveniyalik hujumchi yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted"ga "RB Leyptsig"dan 85 million evro evaziga o'tdi, shundan 76,5 million evro doimiy to'lovlar va 8,5 million evro bonuslar. Futbolchi bilan shartnoma 2030 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264