Taniqli frantsuz murabbiyi vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 360

Bugun, 12 yanvar, dushanba kuni frantsiyalik taniqli murabbiy va sobiq futbolchi Rollan Kurbis vafot etdi.
Mahalliy nufuzli L'Equipe nashrining xabar berishicha, bu haqda o'z hayoti davomida Frantsiyaning bir qator klublarida, xususan, "Marsel" "Tuluza", "Bordo" va boshqa klublarda ishlagan 72 yoshli Kurbisning oilasidan ma'lum bo'ldi.
Kurbis "Marsel" tarbiyalanuvchisi bo'lib, u bilan birga futbolchi sifatida 1972 yilda Frantsiya chempionligini qo'lga kiritgan. Shuningdek, u 1978 va 1982 yillarda "Monako" bilan ikki marta ushbu sovrinni qo'lga kiritgan.
Rolan Kurbisning jamoa bosh murabbiyligidagi so'nggi ish joyi 2016 yilda "Renn" klubi bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
348