Mark Gexi uchun favorit e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1995

OAV ma'lumotiga ko'ra, "Bavariya" va "Manchester Siti" klublari "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi uchun kurash olib bormoqda.
Ta'kidlanishicha, futbolchi uchun kurashda aynan nemis klubi favorit bo'lib turibdi. Gexi Germaniyaga ko'chib o'tishni afzal ko'radi. Nemislar futbolchini yozda erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishga umid qilmoqda.
"Manchester Siti" Yoshko Gvardiol va Ruben Diasning jarohatlari tufayli joriy transferlar davrida Mark Gexi transferini rasmiylashtirmoqchi. Angliya terma jamoasi futbolchisiga qiziqish bildirayotgan klublar qatorida "Liverpul" ham bor. Futbolchining muxlislari orasida "Real" va "Barselona" ham bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230