Uelbek: "Agar ko'p gapirsam, doping ofitserlari keladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 417

"Brayton" hujumchisi Denni Uelbek o'zining jismoniy holati siri haqida hazillashib gapirdi.
35 yoshli futbolchi Angliya kubogi doirasida "Manchester Yunayted"ga (2:1) qarshi o'yinda "Brayton"ning g'alaba golini urdi. Eslatib o'tamiz, Uelbek "MYu" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2014 yilgacha klubga tegishli bo'lgan.
"Men sirimni oshkor qilolmayman. Agar ko'p gapirsam, orqamdan doping-ofitserlar kelishadi! Men pokman, genim yaxshi, oilam yaxshi. Ota-onam meni yaxshi genlar bilan mukofotlashdi.
Men ko'p va mashaqqatli mehnat qilaman. Men har kuni astoydil ishlayman, o'zimga e'tibor beraman. Men sifatli ovqatlanaman, har bir mashg'ulotga yaxshi tayyorlanaman. O'zimni yaxshi his qilyapman, o'zimda kuch his qilyapman", - dedi Uelbek.

Bosh sahifaga
233