"Aston Villa" forvardi faoliyatini A Seriyada davom ettiradi.
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 401

"Aston Villa"ning niderlandiyalik hujumchisi Doniell Malen tez orada Italiyaning "Roma" klubiga yo'l oladi. Bu haqda Il Romanista xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, klublar 26 yoshli Malenni 26-27 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga kelishib olgan. Endi barchasi faqat "Roma"ga o'tishdan xursand bo'ladigan futbolchining o'ziga bog'liq.
Malen bu mavsumda barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ta'kidlash kerakki, Malen joriy mavsumda "Aston Villa"ning barcha o'yinlarida maydonga tushdi, ammo u asosiy tarkib futbolchisi emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218